Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi hamrohligida jurnalist va blogerlar Qashqadaryo hamda Buxorodagi tabiiy gaz konlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi hamrohligida jurnalist va blogerlar Qashqadaryo hamda Buxorodagi tabiiy gaz konlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan tabiiy gaz quduqlarini burg‘ilash, ta’mirlash ishlari borasida jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida press-tur tashkillashtirildi.

Press-tur qatnashchilari Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hududida tabiiy gaz qazib chiqarilish hamda konlar faoliyati bilan yaqindan tanishayotgan bir jarayonda «Razzoqbobo» 1-sonli qudug‘idan tabiiy gaz oqimi olingani borasida xabar oldik.

Deputat Rasul Kusherbayev, jurnalist va blogerlar bilan o‘sha hudud sari yo‘l oldik, ayni shu vaqtda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi tabiiy gaz qazib chiqarilish borasida qilinayotgan ishlar holatini o‘rganayotgan «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» bilan uchrashdik.

Boshqaruv raisi hamrohligida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlar faoliyati bilan tanishishni davom ettirildi.

Buxoro viloyati hududida ochilgan yangi «Razzoqbobo» gaz kondensat koni faoliyati va burg‘ilash ishlarining natijalari o‘rganilib, tashrif buyurganlarga batafsil tushuntirishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari, bu yerdagi mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlarga yaratilgan sharotilar holati o‘rganildi.

2021 yilning 15 yanvar kuni izlov burg‘ilashga kiritilgan «Razzoqbobo» 1-sonli izlov qudug‘ining 2900 metr loyihaviy chuqurlikkacha burg‘ilanangani holati bo‘yicha mutaxassislar ma’lumotlari tinglandi.

Jurnalist va blogerlar «Razzoqbobo» 1-sonli qudug‘ini 2900–2770 metr oralig‘ida ochiq o‘zanda sinash ishlari natijasida, o‘rta va pastki yura yotqiziqlaring XVIII mahsuldor qatlamidan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olinish jarayonini kuzatishga muvaffaq bo‘dilar.

Boshqaruv raisi hozirgi vaqtda «Razzoqbobo» 1-sonli qudug‘ida mahsuldor qatlamning bosimi, harorati va kon-geologik parametrlarini aniqlash hamda uning sanoat miqyosida ishlab chiqarish quvvatlarini baholash maqsadida, geologik-tadqiqot ishlari olib borilayotganiga doir barcha savollarga javob berdi.

«O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari» korxonasi tomonidan quduqlarda amalga oshirilayotgan burg‘ilash ishlari holati, ishchi-xodimlarning minglab metr chuqurlikni burg‘ilashayotgani bilan ham yaqindan tanishib chiqildi. Ishchi-xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Ta’kidlash kerakki, yil yakuniga qadar, «Razzoqbobo» konida navbatdagi 2 ta izlov qudug‘ini burg‘ilash ishlarini olib borish rejalashtirilgani ham ma’lum qilindi.

Jurnalist va blogerlar tabiiy gaz qazib chiqarish mashaqqatlari, havo haroratining yuqori bo‘lishiga qaramay mehnatkash ishchi-xodimlarning faoliyatini joyida guvohi bo‘lishdi.

Deputat Rasul Kusherbayev, jurnalist Xurshid Daliyev, Bahodir Ahmedov, blogerlar Nurbek Alimov, Otabek Ortiqov, Umid Karimov ishchi-xodimlar uchun cho‘l hududida yashash, ishlash, dam olish uchun yaratilgan barcha sharoitlarni o‘rgandilar.

Jamoatchilik vakillari tabiiy gaz qazib chiqarish o‘ta qiyin jarayon va mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligiga yana bir bora amin bo‘lishdi.

Press-tur qatnashchilari Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda hozirda qurilishi davom ettirilayotgan «Uzbekneftegaz GTL» zavodi tomon yo‘l olishdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring