Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» tomonidan shoshilinch ma’lumot e’lon qilindi

«O‘zgidromet» tomonidan shoshilinch ma’lumot e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 26-may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 27-28-may kunlari respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.

Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati ma’lumot berdi. 

Foto: Kavkaz hududlaridan nam havo massasini harakatlanish trayektoriyasi xaritasi.

27-28-mayda respublika hududi bo‘yicha, 29-mayda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-28-may kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

26-mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, cho‘l hududlarida va janubida, 27-29-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

27-mayda O‘zbekistonning shimolida va cho‘l hududlarida, 28-mayda hududlarning katta qismida kunduzgi havo harorati 21-26 darajagacha pasayadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring