Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zimiznikidan qo‘ymasin, bizga «Uber» kerak emas!

O‘zimiznikidan qo‘ymasin, bizga «Uber» kerak emas!

Foto: «Newsforturkey.com»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on endilikda Turkiyada «Uber» xizmati ishlamasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Daily Sabah» ma’lumotlari asosida «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.

«Uber» xizmati Turkiyada bundan buyon ishlamaydi. O‘zimizning taksi xizmatimiz bor. O‘zimiz hal qilamiz («Uber» taqdirini)», — degan Erdo‘g‘on.

Prezentning so‘zlariga ko‘ra, hukumat a’zolari «Uber» xizmatidan foydalanmagan. Turk taksichilari «Uber»ga noto‘g‘ri va adolatsiz raqobat qilgani uchun qarshi chiqishgan.

«Uber» xizmati Bolgariya, Daniya va Vengriyada taqiqlangan. Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiyada esa uning faoliyati chegaralangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring