Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zmilliybank qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlaydi

«O‘zmilliybank» yurtimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksportini amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishda tadbirkorlik sub’yektlariga yaqindan yordam berib kelmoqda.

Jumladan, «O‘zmilliybank» tomonidan joriy yilning 13 iyul hamda 23 iyul kunlari Xorazm va Buxoro viloyatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, agrozonalarda zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida onlayn videokonferensiya orqali vebinar tashkil qilindi.

Vebinar davomida bank mas’ul xodimlari tomonidan tashabbuskorlarga kredit ajratish tartib-tamoyillari, bankda mavjud xorijiy kredit liniyalari va ularni jalb qilish shartlari, loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorning loyihadagi o‘z mablag‘lari bilan ishtiroki kamida 30 foizni tashkil etishi, shu jumladan import shartnoma qiymatining 15 foizi bo‘nak shaklida tadbirkor mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 6-8 iyul kunlari hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, bank tizimini isloh qilish bo‘yicha kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida yangi loyihalarni amalga oshirishda birinchi navbatda tashabbuskorning mablag‘lari mavjudligi (kamida 30 foiz) va uni kafolatlangan qaytimiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi takidlab o‘tilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’yektlariga yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar, shu bilan birga Quva anorchilik tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida anorchilikni rivojlantirish bo‘yicha «O‘zmilliybank» va Akademik M. Mirzayev nomidagi ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida ishlab chiqilgan qo‘llanma elektron shaklda taqdim etildi.

«O‘zmilliybank» tomonidan tashkil qilingan vebinar qizg‘in va muzokaralarga boy bo‘lib, tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi.

Tadbirkorlik sub’yektlarini qiziqtirgan qo‘shimcha savollar bo‘yicha 78-147-15-26 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki bankning www.nbu.uz rasmiy veb sayti orqali ma’lumot olishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring