Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zMU rektoriga Isroilda faxriy doktor unvoni berildi

O‘zMU rektoriga Isroilda faxriy doktor unvoni berildi

Foto: «O‘zA»

Joriy yilning 1-4 iyul kunlari Prezident qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Milliy universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Isroilda bo‘ldi.

Tashrif doirasida O‘zMU va Xolon instituti doirasida strategik hamkorlik Dasturi muhokama qilindi va imzolandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston-Isroil qo‘shma fakultetiga qabul va imtihon jarayonlari, qabul kvotasi, ta’lim sifati masalalari bo‘yicha ham muzokaralar olib borildi.  

Tashrif yakunida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori professor Avaz Maraximovga Isroil davlati Xolon texnologiyalar instituti faxriy doktori unvoni berildi. Shuningdek, universitet rektori ikki ta’lim dargohining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun sertifikat bilan ham taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring