Paragvay — guruh bosqichida 3-o‘rinni egallab, 1/8 finalga chiqqan yagona jamoa
Paragvay JCh-2026 guruh bosqichida 3-o‘rinni egallab, 1/8 finalga chiqqan yagona jamoa bo‘ldi.
Turnir ishtirokchilari soni 48 tagacha kengaytirilgani sababli, pley-off bosqichiga 32 ta jamoa yo‘llanma oldi: 12 ta guruh g‘olibi, 12 ta ikkinchi o‘rin sohibi va 8 ta uchinchi o‘rin egasi.
Paragvayliklar uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar reytingida 7-o‘rinda bo‘lishiga qaramay, 1/16 finalda Germaniyani musobaqadan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘lishdi. Qolgan 7 ta uchinchi o‘rin sohiblari — Kongo DR, Shvetsiya, Gana, Ekvador, Bosniya va Gersegovina, Jazoir hamda Senegal turnirni tark etdi.
Endi Paragvay 1/8 finalda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin bugun tunda — bizning vaqt bilan 5 iyul soat 02:00 da boshlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter