Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parijda tezlikni 30 km/soatdan oshirish taqiqlab qo‘yildi

Parijda tezlikni 30 km/soatdan oshirish taqiqlab qo‘yildi

Foto: «RIA Novosti»

Parij ma’muriyati Fransiya poytaxtining ko‘pgina ko‘chalarida harakatlanish tezligini soatiga 50 kilometrdan 30 kilometrgacha tushirdi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

Yangi chora 30-avgust, dushanbadan kuchga kirdi.

Shahar hokimiyati ushbu chora piyodalar xavfsizligini oshirish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish va shovqin darajasini pasaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.

Biroq ko‘pgina shaharliklar hokimiyat qaroriga shubha bilan qarashmoqda.

«Bilasizmi, soatiga 30 kilometr tezlikda harakatlanadigan mashina soatiga 50 yoki 60 kilometr tezlikda harakatlanayotgan mashinaga qaraganda havoni ikki barobar ko‘proq ifloslantiradi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan», — deb yozadi Twitter foydalanuvchisi Viano 93.

«O‘ylaymanki, hokimiyatning maqsadi baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish emas, balki Parijdan avtomobillarni sezilarli darajada kamaytirish yoki butunlay yo‘qotish, uni velosipedchilar va skuterlardan foydalanadigan shaharga aylantirishdir», — deydi Fransiya poytaxti chekkasida istiqomat qiluvchi Serj ismli haydovchi.

Lill, Grenobl va Monpeleda soatiga 30 kilometrgacha tezlikda harakatlanish allaqachon joriy etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring