Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pastdarg‘omdagi «qo‘rqinchli simyog‘ochlar»ni yangilashga va’da berildi

Pastdarg‘omdagi «qo‘rqinchli simyog‘ochlar»ni yangilashga va’da berildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 1-noyabr kuni «Xabar.uz» saytida «Tashqarida XXI asr. Qishloqlarimizda esa bunday qo‘rqinchli ahvol» sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati tahririyat bilan bog‘lanib, mazkur maqolada keltirilgan holat aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘rganilganini bildirdi va quyidagilarni ma’lum qildi:

«Pastdarg‘om tumani «O‘tarchi» mahallasi yangi qishlog‘ida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun mavjud 7587-sonli transformator punktidan chiquvchi elektr uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari Prezidentimizning 2016- yil 23-noyabrdagi «2017 – 2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, tez kunlarda qurilish ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz. Ayni paytda «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»ning maxsus ishchi-guruhi tashkil qilinib, zarur tayanchlar, elektr uzatish kabel tarmoqlari olib borish choralari ko‘rilmoqda.

Pastdarg‘om tumanidagi «O‘tarchi» mahallasining elektr ta’minoti bilan bog‘liq holat «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ  tomonidan nazoratga olindi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holatlar yuzasidan «Hududiy elektr tarmoqlari»  AJ tomonidan ishga tushirilgan Call-Markazining 11-54 raqami yoki «Telegram»dagi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bilan muloqot» kanali (@hetmuloqot, @HET_admin) orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz», deyiladi tashkilot matbuot xizmati ma’lumotida.

«Xabar.uz» voqealar rivojini kuzatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring