Paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 8 nafar mansabdor jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida hokim o‘rinbosari N. Jumayevaning oila va xotin qizlar faollariga paxta terimiga terimchilarni jalb qilish topshirig‘i bergani tasdig‘ini topdi.
Bandlik vazirligi bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hokimlik mansabdoriga nisbatan MJtK 51-modda 1-qismi asosida jarima qo‘llanilgan.
Buxoro shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Axborot-kutubxona markazi rahbari N.Aminova ham huddi shunday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yib, jarimaga tortildi.
Paxta yig‘im-terimi mavsumida Davlat mehnat inspeksiyasi bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida muntazam monitoring olib bormoqda.
Mavsum davomida hozirga qadar umumiy hisobda:
- 74 ta mehnat qonunchiligi buzilishi holati aniqlandi. Mehnat qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslarga MJtKning 49-modda 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
- 8 nafar mansabdor shaxs MJtKning 51-modda 1-qismi bilan jazolandi.
- 1400 nafardan ortiq terimchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomalari tuzilishida yordam ko‘rsatildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda majburiy mehnatning har qanday shakli qat’iy taqiqlangan va qonun buzuvchilarga nisbatan javobgarlik belgilanishi ta’minlanadi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter