Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda odam tashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng katta dron yaratiladi

Xitoyda odam tashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng katta dron yaratiladi

Foto: «NV.ua»

Pekin aviatsiya va kosmonavtika universiteti muhandislari bir tonnagacha yukni ko‘targan holda 1500 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir uchuvchisiz boshqariladigan qurilmani yaratmoqda. Mazkur qurilma fuqarolik dronlari orasida eng yirik texnikaga aylanadi, deb xabar berdi «NV.ua».

Kompaniya muhandislarining so‘zlariga qaraganda, haligacha o‘z nomiga ega bo‘lmagan uchuvchisiz boshqariladigan qurilma to‘qqiztagacha yo‘lovchini tashishga qodir bo‘ladi. Uning qanotlari kengligi 19,6 metrni, tezligi esa soatiga 360 kilometrni tashkil etadi.

Havo kemasiga ikkita dvigatel o‘rnatiladi hamda uning ichidagi kenglik 16 metr kubni tashkil etadi. 2020 yilga borib havo kemasini sinovdan o‘tkazish boshlanadi.

«Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, 2025-yilga borib mazkur uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish boshlanadi», — deydi «Beihang» kompaniyasining texnologik dizayneri Chjan Shou.

Yaqin orada kompaniya «Alibaba Group» savdo kompaniya tomonidan nazorat qilinuvchi «Sainiao» logistika korxonasi bilan havo kemalarini takomillashtirish va sotish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolaydi.

Hozirgi kunda dunyodagi eng katta uchuvchisiz boshqariladigan qurilma «Northrop Grumman RQ-4 Global Hawk» hisoblanadi. Razvedkachi samolyot 15 tonnagacha yukni tashiy oladi, qanotlari kengligi esa 39,9 metrga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring