Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pensioner firibgarlarga ishonib 7,9 million rubl yo‘qotdi

Pensioner firibgarlarga ishonib 7,9 million rubl yo‘qotdi

Sankt-Peterburgda firibgarlar keksa ayolni aldab, uning qariyb sakkiz million rublini o‘g‘irlab ketishdi. REN TV xabar berishicha, Lomonosov shahrida yashovchi 71 yoshli fuqaro jinoyatchilarning harakatlaridan aziyat chekkan.

Pensionerning so‘zlariga ko‘ra, unga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Markaziy bank xodimi deb tanishtirgan.

«Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs kreditlar mening nomimga berilganligini, mablag‘imning xavfsizligini ta’minlashim uchun havolaga o‘tib, shaxsiy ma’lumotlarimni kiritishim kerakligini aytdi», — dedi jabrlanuvchi muxbirlarga.

Ishonuvchan kampir «bank xodimi» aytgan harakatlarni amalga oshirdi, shundan so‘ng uning hisobidan 7,9 million rubl yo‘qoldi. Voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring