Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peterburgda maymun chechagi bilan bog‘liq ikkita holat qayd etildi

Peterburgda maymun chechagi bilan bog‘liq ikkita holat qayd etildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ikki kishi maymun chechagi bilan kasallandi. Shifokorlar ularni shahar klinikalaridan biriga yotqizishdi. Bu haqda REN TV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlar bemorlarning ahvolini o‘rtacha og‘ir deb baholamoqda.

Qayd etilishicha, maymun chechagi deb nomlanuvchi kasallik infeksiya yuqtirgan odam yoki hayvon bilan bevosita aloqa orqali tarqaladi.

Asosiy xavf teri infeksiyalari, pnevmoniya va sepsis kabi asoratlardir.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvaridan 2024 yil noyabr oyi oxirigacha butun dunyoda maymun chechagi bilan kasallanishning 117 663 ta holati qayd etilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maymun chechagi bilan bog‘liq eng murakkab vaziyat Afrikada kuzatilmoqda. Kongo Demokratik Respublikasi, Burundi va Ugandada yirik kasallanish holatlari qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring