Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Piknichok» — taomlar yarmarkasi» yurtimizda ilk marotaba tashkil etilmoqda

«Piknichok» — taomlar yarmarkasi» yurtimizda ilk marotaba tashkil etilmoqda

Foto: Tanlov tashkilotchilari.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, oilaviy hordiq chiqarish an’anasini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Yoshlar media markazi qiziqarli loyihaga qo‘l urdi. Poytaxtning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 12-13 may kunlari «Majnuntol» yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalning eng ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, uning doirasida «Piknichok» - taomlar yarmarkasi» ham tashkil etiladi.

Ushbu yarmarka sifatli ko‘cha taomlarini ommalashtirish, O‘zbekistonda dam olishning yangi millatlararo usulini hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turizmning voqeaga oid turini rivojlantirish, uni an’anaga aylantirish aholining jipslashishiga vakishilarda birgalikda hordiq chiqarish odati shakllanishiga yordam berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Yarmarka: taomlar,musiqa va mahorat-saboqlari...

  • «Taomlar yarmarkasi»da turfa — ajoyib ko‘cha taomlari (burger, sendvich, xot-dog)dan tortib dunyo mamlakatlari (amerikancha, fransuzcha, italyancha, ispancha, meksikancha va h.) milliy taomlarigacha taqdim etiladi.
  • Yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlar taomlar tayyorlanishini kuzatish, ularni totib ko‘rishdan tashqari ko‘plab ko‘ngilochar o‘yinlarda ishtirok etish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
  • Qatnashchilar uchun an’anaviy stol usti o‘yinlari, kvestlar, tanlovlar uyushtiriladi. Bundan tashqari festivalda bolalar uchun alohida joy ajratilgan bo‘lib, yosh qatnashchilarbatutda sakrash, akvarelda bo‘yash vaboshqa turli o‘yinlar va o‘yinchoqlarni o‘ynashi mumkin.
  • «Taomlar yarmarka»si doirasida tadbir qatnashchilari yurtimizning eng taniqli shef-oshpazlaridan mahorat saboqlari olib, taom tayyorlash jarayonida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
  • Yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlar uchun musiqiy chiqishlar, amaliy san’at ustalarining suvenir mahsulotlari namunalari, stol usti o‘yinlari, bolalar maydonchalari shay etib qo‘yiladi.
  • Festival davomida «Majnuntol» gitara va mualliflik qo‘shiqlari tanlovi g‘oliblarining chiqishlari va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
  • «Go‘shtqiymalagich-2018» tanlovida birinchi bo‘lib go‘shtqiymalagich yig‘ish bo‘yicha bellashuv.
  • Mehmonlar o‘rtasida «Xot-dogxo‘r» (kim tez va ko‘p xot-dog yeyish bo‘yicha) tanlovi.
  • Mehmonlar o‘rtasida «Chuchvaraxo‘r» (kim tez va ko‘p chuchvara yeyish bo‘yicha) tanlovi.
  • Hamda juft bo‘lib qopda yugurish bellashuvi qatnashchilarning kayfiyatini ko‘tarishiga ishonchimiz komil.
  • Eng sifatli umumiy ovqatlanish tashkilotlari (kafe, restoran va boshqalar) yarmarkada ishtirok etishlari mumkin.
  • Arizalar 2018 yilning 5 mayga qadar qabul qilinadi.
  • Batafsil ma’lumotlar uchun telegram: (+99897) 782-10-32Telefon: (+99899) 898-12-96 raqamlarigamurojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovlar...

Yarmarka davomida kattayu kichik vaqtini xush o‘tkazishi va hordiq chiqarish uchun bir qator ko‘ngilochar dasturlar ham rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring