Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo bo‘ylab qariyb 250 million bola kam ta’minlangan

Dunyo bo‘ylab qariyb 250 million bola kam ta’minlangan

Dunyodagi qariyb 250 mln. bola, ya’ni aholi daromadi past va o‘rta bo‘lgan mamlakatlardagi besh yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarning 43 foizi kam ta’minlanganlik va muhtojlik sababli o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon qila olmayapti. Bu haqda BMT bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumen 3 iyun kuni Toshkent Ekobog‘ida bo‘lib o‘tgan xalqaro press-klubning Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan sayyor sessiyasida ma’lum qildi.

Sasha Graumen bolalarning ilk rivojlanish davri ahamiyati haqida so‘zlar ekan, UNICEF tashkiloti har bir bola uchun umrining ilk kunlaridanoq eng maqbul sharoitlarni ta’minlashda O‘zbekiston hukumati bilan samarali ish olib borayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, vakolatxona rahbari ona sutining bolaning kelajakdagi hayotida tutgan o‘rni haqida so‘zladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring