Pokiston TIV rahbari prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirlar haqida ma’lumot berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Islomobod shahrida ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dor kutib oldi.
Shu yerda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Is’hoq Dor davlatimiz rahbariga o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar kun tartibi haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Prezidenti Bosh vazir o‘rinbosarini ushbu davlat tashrifini tashkil etishga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.
Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yangi amaliy mazmun bilan boyitishiga ishonch bildirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter