Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokiston va Afg‘oniston 48 soatlik otashkesimga kelishib oldi

Pokiston va Afg‘oniston 48 soatlik otashkesimga kelishib oldi

Foto: AP

Pokiston hukumati va Afg‘oniston Tolibon rejimi mahalliy vaqt bilan chorshanba kuni kechqurun kuchga kirgan 48 soatlik otashkesimga kelishib oldi. Har ikki tomon kelishuvni bir-birining tashabbusi bilan boshlaganini da’vo qilmoqda.

Al Jazeera’ning ma’lumot berishicha, muzokaralar Qobul va Islamabod vakillari o‘rtasida xavfsizlik masalalarini muhokama qilish maqsadida o‘tkazilgan. Har ikki davlat mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish niyatida ekanini ta’kidlagan.

Otashkesim e’lon qilinishidan avval Pokiston kuchlari Afg‘onistonning Qandahor viloyati va poytaxt Kobulga javoban «aniq zarbalar» bergandi. Bu ikki qo‘shni o‘rtasida bir hafta ichida sodir bo‘lgan uchinchi yirik qurolli to‘qnashuv edi.

Qurolli hodisalar o‘nlab Pokiston askari va 200 dan ortiq Tolibon jangarilarining hayotiga zomin bo‘ldi.

Islomobod bir necha bor Kobulni terrorchilar Afg‘oniston hududidan Pokistonga hujumlar uchun baza sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan. Pokiston Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, vaziyat «hozirda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, faol janglar yo‘q».

«Ammo vaziyat dushman. Islomobod va Kobul o‘rtasida rasmiy aloqalar yo‘q», – deydi u.

Ma’lumot uchun, ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi nizo Janubiy Afg‘onistondagi Spin-Boldok chegara punkti atrofida boshlangan. Afg‘oniston hukumatiga ko‘ra, Pokiston harbiy havo kuchlari bu hududdagi bir nechta posyolkalarga hujum qilgan. Pokiston esa o‘z navbatida, hujumlarga javob qaytarganini, ularning hududiga Afg‘oniston tomonidan qurolli guruhlar o‘tganini bildirdi.

Reuters agentligi yozishicha, otishmalar va havo zarbalari natijasida har ikki tomonda o‘ndan ortiq harbiy va tinch aholi vafot etgan, 100 dan ziyod kishi jarohat olgan. Shu sababli chegara orqali yirik savdo yo‘lakchasi vaqtincha yopilgan.

Tahlilchilarning fikricha, nizo davom etarkan, Afg‘onistondagi iqtisodiy va gumanitar vaziyat tobora og‘irlashmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda 10 milliondan ortiq aholi oziq-ovqat va tibbiy yordamga muhtoj. Shu bilan birga, internet cheklovlari va aloqa muammolari ma’lumot almashishni qiyinlashtirmoqda.

Pokistonda esa yaqinda XVJ (IMF) bilan 1,2 milliard dollarlik moliyaviy yordam bo‘yicha kelishuvga erishilgani iqtisodiy barqarorlikka umid uyg‘otgandi. Biroq chegaradagi ziddiyatlar bu jarayonlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring