Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politsiyachi kalamushlar bilan tirikchilik qilyapti

Politsiyachi kalamushlar bilan tirikchilik qilyapti

Foto: «In.pinterest.com»

Taylandning Pxayau provinsiyasi politsiyachisi bambuk kalamushlari tufayli boyib ketdi. Ularni o‘zi boqib katta qildi va yaxshi pulga sotdi. Bu haqda «AsiaOne» xabar berdi.

Ikki yil oldin Sombun Nantapit bambuk kalamushlariga bo‘lgan ehtiyojning ortganini payqab qoldi — mushuk kattaligidagi Osiyo kemiruvchilari uy hayvoni sifatida boqiladi. U politsiya maoshiga qo‘shimcha sifatida pul ishlab topish uchun bu jonivorlarni ko‘paytirib, xohlovchilarga sotishga qaror qildi.

O‘shandan buyon Nantapit o‘ttizga yaqin bambuk kalamushini boqib katta qildi. Uning aytishicha, har bir juft bolasi 3-4 ming batga (1-1,2 mln so‘m atrofida) baholanadi. Kattalarini esa ko‘paytirish uchun 10 — 15 ming batga (3-5 mln so‘m atrofida) sotib olishadi.

Kichik bambuk kalamushlari Himolaydan Bangladeshgacha, Myanma, Tayland va Laosdan Vetnam shimoligacha uchraydi. Ularning uzunligi 25 santimetrgacha yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring