Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda avtomobil ag‘darilib yonib ketdi

Poytaxtda avtomobil ag‘darilib yonib ketdi

Foto: YHXBB

Bugun, 31 iyul kuni soat 16:20 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqumiy ko‘chasida haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan X.T. «Vaz-2114» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilgan.

Ag‘darilish oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa natijasida bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring