Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dima Qayumning Prezidentga murojaati e’tiborsiz qolmadi

Dima Qayumning Prezidentga murojaati e’tiborsiz qolmadi

Foto: Facebook / Olimjon Haydarov

Rishtonlik tadbirkor Dilshod Boltaboyev «Feysbuk»dagi sahifasida tuman «Dehqon bozori» MChJ tomonidan bozor hududida qurilgan xalq kutubxonasini 10 kun muddatda bozor hududidan ko‘chirish yuzasidan ogohlantirish xati kelganini ma’lum qilgan edi.

Ushbu ogohlantirish yuzasidan Dima Qayum nomi bilan mashhur tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga quyidagi mazmunda murojaatnoma yo‘llagan edi. Ushbu murojaatnoma Prezident matbuot xizmati tomonidan bee’tibor qolmadi va alohida nazoratga olindi.


Mavzuga doir:

Hamma do‘konda sotilsa, bu yerda tekinga tarqatiladi. Rishtondagi savobli ishga hissa qo‘shaylik


«Assalomu alaykum, hurmatli Shavkat Miromonovich!

Men Boltaboyev Dilshodbek, shu yilning aprel oyi boshlarida «Feysbuk»dagi sahifamda videomurojaat orqali Rishton dehqon bozorida xayriya yo‘li bilan tashkil etilgan Xalq kutubxonasi buzilishi bo‘yicha Sizga murojaat qilgan edim. Murojaatimga javoban kuni kecha Prezident matbuot xizmatidan menga telefon qilib, Xalq kutubxonasi bo‘yicha holatni o‘rganib, kutubxona o‘z faoliyatini davom ettira olishini va buzilmasligini aytdi. Undan tashqari, Xalq kutubxonasi bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlashda muammolar bo‘lsa, zudlik bilan xabar berishini va ushbu muammolar tez hal qilinishini ta’kidladi. Hozir Xalq kutubxonasining hujjatlarini rasmiylashtirmoqdaman. Muammolar yo‘q.


Mavzuga doir:

Dima Qayum kutubxonasi buziladimi?


Hurmatli Shavkat Miromonovich! Mening murojaatimga o‘z vaqtida javob berganingiz uchun o‘zimni, qolaversa, shu Xalq kutubxonasi tashkil etishda ishtirok etgan barcha hamyurtlarimiz nomidan Sizga samimiy minnatdorligimizni bildiraman! Xalqimizni o‘ylab, ularning og‘irini yengil qilishdagi ishlaringizni biz doimo qo‘llab-quvvatlaymiz. Sizga katta rahmat.

Shu o‘rinda Roshidoniy Xalq kutubxonasini saqlab qolishga harakat qilgan yurtimizning bir necha fidoyilaridan bo‘lgan shoir Iqbol Mirzoga, Prezident matbuot kotibi Komiljon Allamjonovga, Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyevga, Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi deputati Shohrux O‘ktamovga, «Xabar.uz» muxbiri Karimberdi To‘ramurod akaga va barcha yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman», deb yozgan D.Boltaboyev.


Mavzuga doir:

Dima Qayum kutubxonasi: voqealar rivoji qanday bo‘lmoqda?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring