Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazga taniqli aktyor direktor etib tayinlandi

Prezident Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazga taniqli aktyor direktor etib tayinlandi

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 3-fevraldagi farmoyishiga muqofiq Prezident Matbuot xizmatining tarkibiy bo‘linmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Xususan, Prezident matbuot xizmati huzurida yangi tashkil etilgan media-markaz direktori etib Solihov Husan Ravshanovich tayinlandi.

Husan Solihov
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, Husan Solihov akasi Hasan Solihov bilan birgalikda bir qator filmlar va ijtimoiy hamda reklama roliklari orqali ko‘pchilikka tanish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatining axborot-tahliliy ishlar sho‘’basi bosh konsultanti etib Azimov Xurshid Ma’murovich, Usmonov Boburbek Sobirovich mazkur sho‘’baning yetakchi konsultanti etib tayinlandi. Shuningdek, Samadov Anvar Jovliyevich Prezident matbuot xizmati tadbirlarni tayyorlash va yoritish sho‘’basining yetakchi konsultanti etib tayinlandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring