Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun «Prezident sovg‘asi» jamlanmasida nimalar bo‘ladi?

1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun «Prezident sovg‘asi» jamlanmasida nimalar bo‘ladi?

Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun «Prezident sovg‘asi» xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.

1-sinf o‘quvchilariga beriladigan «Prezident sovg‘asi» tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:

  • O‘quvchi sumkasi
  • 12 dona daftar
  • Rasm daftari
  • Akvarel bo‘yoqlari
  • Rangli qog‘oz
  • Qalamdon
  • Sharikli ruchka
  • Rangli qalam
  • 2 dona oddiy qalam
  • Plastilin
  • Yelim
  • 2 dona o‘chirg‘ich

«Prezident sovg‘asi» joriy yilning 25-avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring