Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Prezident tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Foto: «Andreyparabellum.ru»

So‘nggi yillarda tadbirkorlarning iqtisodiyot va jamiyatda tutgan o‘rni keskin oshib, tadbirkorlik faoliyati barcha soha, tuman, qishloq va mahallalargacha kirib bordi.

Shu munosabat bilan, yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu tadbirda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.

Joriy yil 20-iyuldan 31-iyulgacha faoliyatingizga bog‘liq masala, biznesingizni kengaytirish va rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilishingiz mumkin.

Sizning murojaatingiz mamlakatimiz taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim va bu imkoniyatni boy bermang! Faol bo‘ling!

Murojaatlarni tumaningizdagi tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, yoki Shtab «Call-markazi»ning 11-00, (71) 238-52-52, (78) 150-60-06, (71) 202-09-06 telefon raqamlari hamda quyidagi internet tarmoqlari orqali yetkazish mumkin:

Telegram: t.me/uzchamber yoki @taklif_bot telegram boti;

Veb-sayt: www.chamber.uz;

Facebook: www.facebook.com/uzchamber;

Instagram: www.instagram.com/uzchamber;

E-mail: info@chamber.uz;

Manzil: Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 4-uy. Indeks: 100047.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring