Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Moskvaga borishi mumkin

Tramp Moskvaga borishi mumkin

Oq uy matbuot kotibi Sara Xakabi Sanders AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi yili Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Vashington shahrida kutib olishga tayyorligini, agar taklif tushsa, Amerika rahbari Moskva shahriga borishini ma’lum qildi, deb yozadi «Haber7».

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Janubiy Afrika Respublikasi poytaxti Yohannesburg shahrida o‘tkazilgan «BRIKS» sammitida Trampni Moskva shahriga taklif qilganidan keyin Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders shu haqda bayonot bergan.

«Prezident Tramp prezident Putinni kelasi yil boshida intiqlik bilan kutadi. Rasmiy taklif tushsa, o‘zi ham Moskva shahriga borishi mumkin», – degan Sara Sanders.

Hafta mobaynida Oq uyning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Tramp va Putinning keyingi uchrashuvi Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashgani to‘g‘risidagi surishtiruvlar tugaganidan keyin o‘tkazilishini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring