Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qamoqdan qochish 25 kishining o‘limi bilan tugadi — Gaiti

Qamoqdan qochish 25 kishining o‘limi bilan tugadi — Gaiti

Foto: AFP

Gaiti poytaxti Port-o-Prensdagi Krua-de-Buke qamoqxonasidan 400dan ziyod mahkum qochib ketdi, deb xabar berdi BBC.

Qochish oqibatida 25 kishi, jumladan, qamoqxona direktori halok bo‘lgan. Ular orasida qochqin-mahkumlar tomonidan o‘ldirilgan o‘tkinchilar ham bor.

Qochganlar orasida mahalliy jinoiy to‘da yetakchisi Arnel Jozef ham bo‘lgan, oradan bir necha soat o‘tib, u politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

Voqea bo‘yicha tafsilotlar oxirigacha ochilgan emas. Guvohlar avvaliga o‘q ovozlarini eshitishgan, so‘ng ko‘chalarda mahkumlarga duch kelishgan. Qamoqxonaga qo‘shni kiyim-kechak do‘koni egasi mahkumlar uning mollarini talab ketganini ma’lum qilgan.

Krua-de-Buke qamoqxonasi ko‘pi bilan 872 mahkumni sig‘diradi. Biroq Gaiti hukumati bayonotiga ko‘ra, qochish voqeasidan oldin bu yerda 1500 nafar jinoyatchi saqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring