Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ayollar muammolarini hal etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Qashqadaryoda ayollar muammolarini hal etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi xalqaro hamkor tashkilotlar ko‘magi ostida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy hamda ruhiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga manzilli yordam berishni yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda qo‘mita tashabbusi bilan 2018-yil 26-28 mart kunlari Qashqadaryo viloyatida seminar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda joylardagi xotin-qizlar qo‘mitalari qoshida oilalarni mustahkamlash, suitsidlarning oldini olish, tushkunlika tushib qolganlarga psixologik yordam berish, sababsiz ajralishlar sonini kamaytirish, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarni reproduktiv salomatligini muhofaza qilish ayniqsa, chekka qishloq hududlarida onalar kasalligi va perenatal kasalliklar profilaktikasi va ularning oldini olish maqsadida «Ishonch telefonlari»ni tizimli joriy etish hamda ularda tajribali psixologlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda faoliyat olib borishini ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilarining qayd etishicha, «Ishonch telefon»larini joriy etilishi viloyatda ayollar tomonidan o‘z joniga qasd, oilaviy ajrimlar va jinoyatchilikni oldini olish, ayollarga huquqiy madaniyat va saviyasini oshirishga albatta o‘z samarasini beradi.

Seminarda shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxasislari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlaridadagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislardan vakillar ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring