Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston bosh sanitar vrachi ishdan bo‘shadi

Qirg‘iziston bosh sanitar vrachi ishdan bo‘shadi

Tolo Isakov.

Foto: «Reporter.kg»

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, mamlakat bosh sanitar vrachi Tolo Isakov o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shadi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.

«Bu lavozimda sog‘lig‘i mustahkam inson ishlashi kerak deb hisoblayman. Davlatga va o‘zimga zarar keltirib ishlashim kerak emas. Shunday og‘ir pallalarda hamkasblarim bilan yonma-yon ishlaganimdan mamnunman», — degan u.

E’tiborli jihati, Isakov ushbu lavozimda ikki oydan sal ko‘proq faoliyat yuritdi. Uning o‘rniga Nurbolot Usenbayev tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 280 ta holat qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring