Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston prezidenti saylovi qachon o‘tishi e’lon qilindi

Qirg‘iziston prezidenti saylovi qachon o‘tishi e’lon qilindi

Foto: «April.kg»

TASS bergan xabarga ko‘ra, Qirg‘izistonda yangi prezident 2021-yilning 17-yanvar kuni saylanishi mumkin.

MSQ ma’lum qilishicha, mamlakatda parlamentga takroriy saylovlar 20-dekabrga mo‘ljallangan.

«Spuntik Qirg‘iziston» xabariga ko‘ra, bugun, 16-oktyabr kuni «Ala-Archa» davlat qarorgohida Jogorku Kenesh majlisi bo‘lib o‘tadi va unda prezident iste’fosi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Kecha prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. Keyin esa bosh vazir Sadir Japarov namoyishchilar bilan uchrashuvda Jogorku Kenesh raisi Kanat Isayev davlat rahbari vazifasini bajarishdan bosh tortganini ma’lum qilgan.

«Prezident va bosh vazir vakolatlarini menga topshirishdi», — dedi u.

Parlament har ikki masalani ko‘rib chiqishi kerak. Ayni paytda Eski maydonda Sadir Japarov tarafdorlari mitingga to‘plangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring