Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda xitoyliklarning noqonuniy pasport olishi tekshirilmoqda

Qirg‘izistonda xitoyliklarning noqonuniy pasport olishi tekshirilmoqda

Foto: «Liter.kz»

O‘sh viloyati militsiyasi Xitoyning to‘rt nafar fuqarosiga nisbatan ochilgan jinoyat ishini tergov qilmoqda. Ular qonunga zid ravishda Qirg‘iziston pasportini olishda gumon qilinmoqda. Hujjatlar mahalliy aholi nomiga, shundan bittasi o‘lib ketgan insonning nomiga berilgan.

Noqonuniy berilgan hujjatlar 2017 yilning noyabr oyida Qorasuv bozorida o‘tkazilgan reyd vaqtida fosh qilingan edi — o‘shanda savdogarlardan to‘rt nafari militsiya xodimlariga Qirg‘iziston  pasportini ko‘rsatishgan.

O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jenishbek Ashirbayevning so‘zlariga qaraganda, ayni damda gumondor shaxs ushlangan, uch kishi esa qidiruvda. Qo‘lga olingan shaxs so‘roq vaqtida soxta pasport uchun ikki ming dollar berganini aytgan.

— Novqat tumanidagi «Janabazar» qishloq fuqorolar yig‘ini pasport-viza bo‘limi xodimi va hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etgan o‘zganlik fuqaroning ishi sudga topshirildi. Ular Xitoy fuqarolari Qirg‘iziston fuqarolarining hujjatlari asosida pasport olishiga yordam bergan. Ayni damda yana 10 ta xuddi shunday hodisa qayd qilingan bo‘lib, tergov olib borilmoqda, — deydi O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jenishbek Ashirbayev.

Bundan avval ham xorijiy fuqarolarga noqonuniy ravishda Qirg‘iziston pasportini berish holatlari fosh bo‘lgan edi. 2017 yilda bu masala parlamentda muhokama qilingan, ayrim deputatlar pasport berish vakolati Davlat registratsiya xizmatidan Ichki ishlar vazirligiga berilishi kerakligini aytishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring