Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada Qirg‘izistondan «Nexia» olib kirib sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘onada Qirg‘izistondan «Nexia» olib kirib sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Foto:«Uza.uz»

Farg‘ona tumani Yoshlarobod qishlog‘i hududida N.T ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan «Nexia» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtida to‘xtatilgan.

«O‘zA»ning yozishicha, Mazkur avtomashina Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli, 1996-yilda ishlab chiqarilganligi, kuzov va dvigatel raqamlari ham aniqlangan.

N.T ning ko‘rsatmasi asosida uning Farg‘ona shahridagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, hovlisida 1 dona «Nexia» rusumli avtomashina turgani, u ham Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli transport vositasi ekani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, N.T va A.Q.lar Qirg‘izistonga borib, u yerdagi tanishidan 89 ming qirg‘iz so‘miga 2 dona «Nexia» rusumli avtomashinani sotib olgan. 600 dollar evaziga aylanma yo‘llar orqali, bojxona nazoratini chetlab, Farg‘ona tumani hududiga olib o‘tgan.

Ular boshqa avtomashinaning davlat raqamlarini noqonuniy olib o‘tilgan mashinaga qadab olishgan. 2 dona «Nexia» rusumli avtomashinani ehtiyot qismlarga ajratgan holda O‘zbekiston hududida sotib foyda ko‘rmoqchi bo‘lgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur avtomashinalar O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olinmaganligi, shuningdek, «GM Uzbekistan» AJ da ishlab chiqarilmagani, ashyoviy dalil tariqasida olingan mazkur mashinalarning qiymati 44 million 500 ming so‘mni tashkil qilishi aniqlangan.

Viloyat bojxonasi boshqarmasi tomonidan ularga nisbatan ish hujjatlari to‘planib, Farg‘ona shahar ma’muriy sudiga yuborilgan. Sud tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli jazo tayinlanib, 2 dona «Nexia» rusumli avtomashina davlat foydasiga musodara qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring