Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirol Karl III bir yilda qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Qirol Karl III bir yilda qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Foto: Hola

Buyuk Britaniya qiroli Karl III Bukingem saroyidagi 10 yillik rekonstruksiya ishlari yakunlangach ham u yerga ko‘chib o‘tmaydi. Bu haqda qirollik vakillari ma’lum qildi.

Shu tariqa, qariyb ikki asr davomida Britaniya monarxining asosiy qarorgohi bo‘lib kelgan Bukingem saroyi endi qirolning doimiy yashash joyi bo‘lmaydi.

Qirollik ma’muriyati, shuningdek, Karl III 2024/25-moliya yilida 12,9 million funt sterling (17 million AQSh dollari) miqdorida soliq to‘laganini ham oshkor qildi. Bu ko‘rsatkich ilk bor jamoatchilikka e’lon qilinmoqda. Bu qirolni Buyuk Britaniyaning eng ko‘p soliq to‘lovchi 100 fuqarosi qatoriga kiritadi.

Qayd etilishicha, qirollik oilasi 2022 yili qirolicha Yelizaveta II vafotidan keyin moliyaviy faoliyati yuzasidan kuchaygan tanqidlar ortidan ochiqlikni oshirishga va’da bergan.

Qirolning Bukingem saroyiga ko‘chib o‘tmaslik qarori 369 million funt sterlinglik rekonstruksiya ishlari yakunlanishi arafasida qabul qilindi. Ta’mirlash ishlari doirasida eskirgan elektr tarmoqlari, quvurlar va isitish tizimlari to‘liq yangilanmoqda.

Karl III bundan buyon ham Londondagi uzoq yillik qarorgohi — Klarens Hausda yashashda davom etadi.

Qirol xazinachisi Jeyms Chalmersning aytishicha, Bukingem saroyi baribir monarxiyaning asosiy qarorgohi bo‘lib qoladi. U yerda davlat tashriflari, tantanali marosimlar va boshqa rasmiy tadbirlar o‘tkazilishda davom etadi.

«U monarxiyaning bosh qarorgohi bo‘lib qoladi. Hazrati oliylari Londonda bo‘lganida saroy tomida qirollik bayrog‘i hilpirab turadi», — dedi Chalmers.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring