Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizni qutqaraman deb cho‘kkan yigitning jasadi topildi

Qizni qutqaraman deb cho‘kkan yigitning jasadi topildi

Foto: «Sputnik»

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida 29-mart kuni «Shimoliy Farg‘ona» kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan qizni qutqarish maqsadida S.Isomxo‘jayev o‘zini suvga tashlagan vaqtida cho‘kib ketgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, S.Isomxo‘jayevning jasadini qidirib topish choralari ko‘rilgan edi.

Natijada mazkur kanaldan S.Isomxo‘jayevning jasadi topilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring