Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shinlar jangovar tayyorgarligini to‘satdan tekshirish davom etmoqda (foto)

Qo‘shinlar jangovar tayyorgarligini to‘satdan tekshirish davom etmoqda (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

26-mart kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini majmuaviy tekshirish boshlangan edi.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, mashg‘ulotlar davomida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari «Muborak» va «Nuriston» umumqo‘shin dala-o‘quv maydonlariga, shuningdek, havo va yer orqali mahalliy notanish hududlarga tashlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari jangovar mashg‘ulotlarga Markaziy harbiy okrugga qarashli ayrim bo‘linmalar ham jalb etilgan bo‘lib, ular Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining asosiy kuchlariga jangovar ko‘makberish maqsadida harbiy texnikalar orqali marshni amalga oshirdi va belgilangan hududga joylashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

28-mart kuni harbiy xizmatchilar hamda bo‘linmalar tomonidan jangovar tayyorgarlik fanlari bo‘yicha nazorat-tekshiruv mashg‘ulotlaridan sinovlar topshirishi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligi va birligini tahlil qilish hamda baholashdan, harbiy qismlar, texnika va qurol-aslahalarning o‘quv-jangovar vazifalarni bajarishga shayligini tekshirishdan iborat.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring