Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qo‘y» niqobidagi qochoqlar chegarada ushlandi

«Qo‘y» niqobidagi qochoqlar chegarada ushlandi

Foto: Facebook/arfsBlog

Jazoirda qo‘y qiyofasiga kirib, mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan uch nafar erkak politsiya tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar berdi Alkalima Online nashri.

Ma’lum qilinishicha, qochoqlarning maqsadi chegarani kesib o‘tib, Ispaniyaga yetib olish bo‘lgan.

Uddaburon erkaklar eksport qilinayotgan qo‘ylar orasiga yashirinib, hayvonlar bilan imkon qadar «uyg‘unlashishga» harakat qilishgan. Biroq, huquq-tartibot idorasi xodimlari hayvonlar orasidagi shubhali harakatlarni sezib qolishgan. Yuk mashinasi sinchiklab ko‘zdan kechirilganda, qo‘y niqobi ostidagi odamlar fosh etilgan.

Foto: Facebook/arfsBlog

Qo‘lga olinganlar 25-30 yoshlardagi erkaklar ekani aytilmoqda. Ushbu g‘ayrioddiy va yuqori tavakkalchilikka asoslangan voqea nafaqat mahalliy, balki xorij matbuoti e’tiborini ham o‘ziga tortdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring