Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda xalq birligi kuni nishonlanmoqda

Qozog‘istonda xalq birligi kuni nishonlanmoqda

Foto:«Astanatimes.com»

Bugun, 1-may kuni Qozog‘istonda xalq birligi kuni nishonlanmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi. Ushbu bayram Qozog‘iston xalqining ruhiy birligi, ko‘p qirrali madaniyatini o‘zida ifoda etib, millatlararo totuvlik g‘oyasini targ‘ib etadi.

Bu kunda mamlakatning barcha shaharlarida bayram tadbirlari, konsertlar, bolalar ijodi festivallari, musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu kun Qozog‘istonda 1995-yildan buyon nishonlab kelinadi. Bayram davlat maqomiga ega bo‘lib, dam olish kuni deb belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring