Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ilk bor «Qr-book» tizimida ishlovchi elektron kitob javoni stendlari joriy etilmoqda

Toshkentda ilk bor «Qr-book» tizimida ishlovchi  elektron kitob javoni stendlari joriy etilmoqda

Foto:Toshkent agrar universiteti matbuot xizmati

Toshkent davlat agrar universiteti Innovatsion texnologiyalar asosida maxsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti 1-bosqich talabasi Saidali Abror va uning jamoadoshlari Diyor Hamidov, Abror Yuldoshevlarning «Start-up tashabbuslari-2018» tanlovida ishtirok etayotgan  «Qr-book service» loyihasi Toshkent davlat agar universitetida keng ko‘lamda joriy etila boshladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi. 

Toshkent davlat agrar universitetining har bir kafedrasida o‘z yo‘nalishiga oid elektron kitob javonlari ko‘rinishidagi stendlar tashkil qilinmoqda. Ushbu tizim orqali talabalar zarur kitoblarini qidirish uchun vaqt sarflamaydi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tavsiya etilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklardan foydalanish uchun o‘z smartfoni orqali kitoblarni elektron nushasini «QR-kod» orqali  yuklab olib foydalanishlari mumkin.

Foto:Toshkent agrar universiteti matbuot xizmati

«Ushbu kutubxona talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va ularning savodxonligini oshirish maqsadida ixtiro qilingan, qolaversa yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning yorqin ifodasi sifatida joriy etilgan» -deydi ushbu tizim  targ‘ibchisilaridan biri Saidali Abror.

Hozirda bu tizim universitetning hududida, ya’ni o‘rindiqlar, dam olish maskanlarida 6ta «Qr-book» tizimida ishlovchi kitob mutolaa qilish joylari tashkil etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring