Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qrimda yosh bolali oila o‘ldirib ketildi (video)

Qrimda yosh bolali oila o‘ldirib ketildi (video)

Foto: «Primechaniya.ru»

Qrimning Kerchi shahri fuqarosi to‘rt yashar qizcha va uning ota-onasini o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olindi. Marhumlarning jasadlari suv ostidagi avtomobildan topilgan. Bu haqda «РИА Новости» Tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi bergan ma’lumotga asoslanib xabar bermoqda.

Feodosiya yaqinidagi Orjonikidze shaharchasida istiqomat qilgan bir oila 23-fevral kuni «Chevrolet Lanos» rusumli avtomobilda uylaridan chiqib ketgancha g‘oyib bo‘lgan. Tergovchilar qotillik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochishdi. Yo‘qolgan mashina oradan taxminan ikki hafta o‘tib, qirg‘oqdan o‘n metr uzoqlikda, ikki yarim metr chuqurlikda topilgan. Avtomobil salonida marhumlarning jasadlari ham bo‘lgan.

Ayni paytda hibsga olingan gumondor mashina cho‘ktirilgan joyni o‘zi ko‘rsatgan. Ma’lum bo‘lishicha, qizchaning ota-onasi otib o‘ldirilgan, so‘ngra mashina qolgan qizcha tiriklayin suvga cho‘ktirib yuborilgan.

Tergov davomida jinoyatning o‘ziga xos sabablari ham aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, yosh oila Kerch shahriga mashina olib sotish uchun kelgan, ularning yonida katta miqdorda pul bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring