Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov: To‘y korteji mashinalarini tortib olib, sotib yuboringlar

Ramzan Qodirov: To‘y korteji mashinalarini tortib olib, sotib yuboringlar

Foto: «Versiya.info»

Chechenistonda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklov qoidalarini buzganlarga jazo kuchaytiriladi. Respublika rahbari Ramzan Qodirov to‘y kortejlaridagi avtomobillarni olib qo‘yishga qaror qildi, deya xabar berdi «Kavkazskiy uzel».

Operativ shtab yig‘ilishida Ramzan Qodirov to‘y marosimlarini tashkil etish qoidalarini buzganlarni keskin tanqid qildi. «Men ularning mashinalarini tortib olib, sotib yuborishni aytdim», — deb buyurgan Checheniston rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, tushgan mablag‘lar shifokorlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi zarur.

Qodirov, shuningdek, qoidani buzgan kimsalar koronavirusni yuqtirgan bemorlar yotgan shifoxonalarda ko‘ngilli bo‘lib ishlashi kerakligini ta’kidlagan.

Checheniston musulmonlar idorasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, bir necha kun oldin yuz bergan voqea respublika rahbarining jahlini chiqargan — kelinni limuzinda olib ketishgan, to‘y kortejida esa bir nechta mashina bo‘lgan. Aniqlanishicha, to‘y tashkilotchilari imomni chalg‘itishgan — ular kelinni olib kelishdan bir kun oldin marosimlarni o‘tkazishni so‘rashgan. Kelinni olib ketgani esa faqat ikki mashina keladi deb aytishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring