Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: «Avtotest» monopoliyasiga barham berildi

Rasman: «Avtotest» monopoliyasiga barham berildi

Foto: Kommersant

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, «Avtotest Report» MChJning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha monopoliyasiga barham berildi.

Adliya vazirligining Telegram tarmog‘idagi «Huquqiy axborot» kanalida yozilishicha, hukumat tomonidan kiritilgan takliflar va «Avtotest Report» MChJ tajribasi inobatga olinib, 23-fevraldagi qaror bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining haydovchilarini malakasini oshirish bilan 2018-yil 1-iyundan boshlab barcha davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi belgilandi.

Shuni ta’kidlash kerakki, haydovchilarning yetarli bilim va malakaga ega bo‘lishi nafaqat o‘zlari uchun balki barcha fuqarolarning xavfsizligi uchun nihoyatda muhim. Shu bois, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash uchun qo‘shimcha litsenziya talablari hamda shartlari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, qaror bilan avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslarga malaka oshirish majburiy emasligi belgilab qo‘yildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring