Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasmiy munosabat: Ichki ishlar vazirligi nomidan tarqatilayotgan e’lon soxta

Rasmiy munosabat: Ichki ishlar vazirligi nomidan tarqatilayotgan e’lon soxta

Foto: Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda «Barcha fuqarolar diqqatiga! Shoshilinch xabar! Ichki ishlar vazirligi quyidagi bayonotni e’lon qiladi» deb boshlanib, tarqatilgan e’lon soxta ekanini ma’lum qildi.

Tarmoqda tarqatilayotgan soxta xabarda o‘zini «Escom» nomli kompaniyadan, deb tanishtirayotgan kishilar chiroqlarni bepul almashtirib berish taklifi bilan uyga kirib, pul va bolalarni o‘g‘irlashayotgani, ular, shuningdek, odamlarga qurol bilan tahdid qilayotgani aytiladi.

Hozirgi kunda soxta e’lon tarqatish bilan shug‘ullangan ijtimoiy manbalarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring