Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Ermatov va Elbek Shukurov sport vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Ravshan Ermatov va Elbek Shukurov sport vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Foto: Sport vazirligi matbuot xizmati

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori bilan Ermatov Ravshan Sayfiddinovich jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Shukurov Elbek Habibullayevich esa jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlangani e’lon qilingan.

Ravshan Ermatov shu vaqtga qadar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan bo‘lsa, Elbek Shukurov  Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritayotgan edi. 

Biroz avval Ravshan Ermatov yangi lavozimga o‘tishi xususida xabar tarqalgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring