Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda 7 pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda 7 pog‘onaga ko‘tarildi

«Ookla» kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020-yil mart oyi natijalariga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index reytingida O‘zbekiston yana yetti pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir oyda 7 o‘ringa, bir yil ichida esa 36 pozitsiyaga ko‘tarilish kuzatildi. Bu mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sish bo‘ldi.

Umuman, oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda simli internet tezligi 2,3 barovar o‘sdi – 11,62 Mbit/S.dan (2019-yil mart holatiga) 26,92 Mbit/S.gacha (2020-yil mart holatiga).

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston ijobiy natija ko‘rsatdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 133-o‘rinni egalab, 2020-yil fevral holatiga ko‘ra bitta pozitsiyaga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun: Speedtest portali internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlardan doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring