Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purаrga aylandi

Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purаrga aylandi

Foto: Zuma/TASS

«Yuventus» klubi va Portugaliya milliy jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi, deya xabar berdi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS).

Tashkilot yuqori darajali rasmiy o‘yinlarda urilgan gollarni hisobga olgan.

Italiya chempionatining 24-turida «Yuventus» va «Verona» o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida tugadi, turinliklarning yagona golini Ronaldu kiritdi. Bu 36 yoshli futbolchining faoliyatidagi 766-goli bo‘ldi va u «futbol qiroli» braziliyalik Peleni ortda qoldirdi.

Pele 1975-yilning 29-iyunida vengriyalik Ferens Pushkashning 729 gollik rekordini yangilab, oradan ikki yil o‘tib, faoliyatini 765 ta gol urib yakunlagan edi.

Navbatdagi rekord qayd etilishi uchun oradan 45 yil va 243 kun o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring