Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ko‘chada qolgan 6 nafar yurtdoshimizga yordam ko‘rsatildi

Rossiyada ko‘chada qolgan 6 nafar yurtdoshimizga yordam ko‘rsatildi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Rossiya Federatsiyasi Rubsovsk shahrida pulsiz ko‘chada qolgan fuqarolarimiz Novosibirsk shahriga olib kelinib, vaqtincha xostel va issiq ovqat bilan ta’minlandi.

Vatandoshlarimizni qiyin ahvolga tushib qolish sabablariga oydinlik kiritish va yordam berish maqsadida mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari fuqarolar bilan suhbatlashdi.

Vujudga kelgan muammolar yechimi, shu bilan birga fuqarolarga amaliy yordam berish ishlari Bosh konsulxona nazoratiga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring