Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi universitetda otishma bo‘ldi

Rossiyadagi universitetda otishma bo‘ldi

Rossiyadagi Perm davlat universiteti yaqinida bugun, 20 sentyabr kuni otishma qayd etilgan. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilar ta’lim muassasasining derazalaridan sakrashgan, deb yozadi «RIA».

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni aniq emas. Vaziyat guvohlari Internetda qurollangan noma’lum shaxs qanday qilib muassasaga kirgani va o‘q uzgani tasvirlangan videoni joylashtirgan.

Birlamchi taxminlarga ko‘ra, otishmani 18 yoshli Temur Bekmansurov uyushtirgan. U o‘zining VKontakte sahifasida bu haqda yozgan. Gumonlanuvchi avval o‘zi o‘qigan maktabga hujum qilmoqchi bo‘lgan, ammo keyin qarorini o‘zgartirgan.

Ayni paytda Temur ushlangan. Otishma oqibatida 10 dan ortiq odam jarohatlangani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring