Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiyaning javobi»: Rossiya TIV «Skripal ishi»da nodo‘stona munosabat bildirgan davlatlar elchilariga norozilik notasi topshiradi

«Rossiyaning javobi»: Rossiya TIV «Skripal ishi»da nodo‘stona munosabat bildirgan davlatlar elchilariga norozilik notasi topshiradi

Foto: «Reuters»

«Skripal ishi» bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan birdamlik belgisi sifatida Rossiyaga nodo‘stona munosabatda bo‘lgan davlatlar elchilariga norozilik notalari topshiriladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

«30-mart kuni «Skripal ishi» bo‘yicha nodo‘stona harakatlarni amalga oshirgan davlatlarning Rossiyadagi diplomatik missiyasi rahbarlari Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilmoqda. Elchilarga norozilik notasi taqdim etiladi va Rossiya tomonidan javob choralari ko‘riladi», — deyiladi xabarda.

Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida sobiq josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanganidan so‘ng Yevropa ittifoqi, AQSh, Kanada, Ukraina o‘z hududlaridan rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishini e’lon qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring