Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Saida Mirziyoyeva: «Ziyolilar kengaşi yangi ğoyalar maydoniga aylanişiga işonaman!»

Saida Mirziyoyeva: «Ziyolilar kengaşi yangi ğoyalar maydoniga aylanişiga işonaman!»

Toşkentda mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor taşkil etilgan «Özbekiston ziyolilari kengaşi»ning respublika yiğilişi bölib ötmoqda.

23–24-noyabr kunlari Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ötayotgan anjuman «Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi» şiori ostida taşkil etilgan. Unda mamlakatning turli hududlaridan 500 nafar delegat, jumladan, hududlardan saylangan 210 nafar vakil iştirok etmoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva öz sahifasida Kengaşning ilk yiğilişi oçiq va samimiy muloqot bilan boşlanganini maʼlum qildi.

«Ziyolilarimizdan xolis fikr va dadil takliflarni kutamiz. Kengaş yangi ğoyalar maydoniga aylanişiga işonaman», — deb yozdi u.

Şuningdek, Saida Mirziyoyeva ilgari surilayotgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va ularni amalga oşirişda Prezident Administratsiyasi hamişa hamkorlikka tayyor ekanini taʼkidladi.

Kengaşda nimalar muhokama qilinmoqda?

Yiğilişning yalpi majlisi va yettita şöʼbasida mamlakat taraqqiyotining ğoyaviy, maʼnaviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslariga oid masalalar körib çiqilmoqda.

Xususan, milliy özlik va vatanparvarlik, özbek tili va adabiyoti, raqamli taraqqiyot va mediamakon, milliy tarbiya va tarixiy xotira, madaniyat va kreativ iqtisodiyot, ilm-fan va taʼlim, innovatsion tibbiyot, yaşil taraqqiyot hamda tadbirkorlik kabi yönalişlarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Eʼtiborli jihati, respublika yiğilişiga tayyorgarlik jarayonida 10–14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida hududiy muloqotlar ötkazilgan. Ularda 2 ming nafardan ortiq ziyoli iştirok etib, 3 mingdan ziyod fikr-mulohaza va mingga yaqin taklif bildirgan.

Endilikda ana şu takliflarni umumlaştiriş, ularning eng dolzarblarini saralaş va amalga oşiriş böyiça aniq vazifalarni belgilaş muhim ahamiyat kasb etadi.

Ziyolilar kengaşining ahamiyati uning bir martalik anjuman bölib qolmasligi bilan belgilanadi. Bu maydonda bildirilgan fikrlar davlat va jamiyat hayotidagi dolzarb muammolar yeçimiga xizmat qilişi, ilgari surilgan taşabbuslar esa amaliy natijaga aylanişi kerak.

Zero, ziyolilar faqat maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar iştirokçisi emas. Ular jamiyatdagi muammolarni köra oladigan, ularga yeçim taklif qiladigan, jamoatçilik fikrini şakllantiradigan va taraqqiyotga intellektual tayanç böladigan kuçdir.

Kengaşning haqiqiy samarasi ham aynan şunda — ziyolilarning ovozi eşitilişi, takliflari eʼtiborga olinişi va taşabbuslari hayotga tatbiq etilişida namoyon böladi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring