Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 125 nafar poraxo‘r mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Samarqandda 125 nafar poraxo‘r mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan 2018 yilning o‘tgan davrida korrupsion jinoyatlarni fosh etish borasida 93 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Bu haqda «Zarnews.uz» xabar bermoqda.

— Tahlillarga ko‘ra, shundan 125 nafar mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlik masalasi hal etildi, — deb aytgan viloyat prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi alohida muhim ishlari bo‘yicha katta tergovchisi J.Rashidov. — Jinoyati fosh etilgan mansabdor shaxslarning 3 nafari viloyat va 122 nafari tuman-shahar miqyosidagi idoralar, korxona tashkilot va muassasalarda rahbar lavozimlarida faoliyat ko‘rsatganlardir.

Tergovchining aytishicha, ularning jinoyatlari mamlakatimiz taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, iqtisodiyotga jami 5 mlrd. 817 mln. 967 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring