Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Orol dengiziga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi (foto)

Samarqandda Orol dengiziga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi (foto)

28-aprel, yakshanba kuni «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi «Art Rezidensiya»da Orol dengiziga bag‘ishlangan «Qumdagi izlar» nomli ko‘rgazma ochildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmatining bildirishicha, vazirlik tashabbusi bilan  aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida Latviya, Gruziya, Misr, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyadan kelgan hamda mahalliy rassomlar Qoraqalpog‘istonda, xususan, Mo‘ynoqda bo‘lishgan. Safar davomida ular Orol dengizi hududidagi ko‘rgan-kechirganlarini suratlarga muhrlashdi.

«Ko‘rgazmada ana shu rassomlarning turli janrlardagi 30 ga yaqin suratlari o‘rin olgan. Shuningdek, «Art Rezidensiya» binosi hovlisida janubiy koreyalik rassom Kveon Djeongchan tomonidan chizilgan bir paytlar Orol dengizida yashagan akula va tiriklik dunyosi suratini ham ko‘rish mumkin», – deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, ko‘rgazma iyul oyiga qadar davom etadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring