Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Saytdagi xaritani tuzatib qo‘ying»: rus elchisi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga murojaat qildi

«Saytdagi xaritani tuzatib qo‘ying»: rus elchisi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga murojaat qildi

Foto: «Facebook»

Qrim yarimoroli Ukraina tarkibida ko‘rsatilgan xaritani Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tuzatib qo‘yishi lozim. Bu talabni Rossiyaning Yaponiyadagi elchisi ilgari  surdi.

«Qrim Rossiya Federatsiyasining ajralmas qismi hisoblanadi, uning tegishlilik masalasi uzil-kezil, istisnolarsiz yopilgan. Shundan kelib chiqib, MOQ va Tokio olimpiadasi tashkilotchilari ko‘rsatilgan xaritaga Qrim haqiqatga mos huquqiy va ob’yektiv reallikka muvofiq tasvirlanadigan tuzatishlar kiritishlari kerak», — deyiladi Rossiya elchixonasi «Facebook»da qoldirgan postda.

Rus elchisi eslab o‘tgan «xato xarita» MOQ rasmiy saytining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari «Jadvallar va natijalar» bo‘limida joylashgan.

Qizig‘i, 22-iyul kuni Ukraina tashqi ishlar vazirligi ham shu xarita masalasida norozlik bildirgandi: Qrim va Ukraina o‘rtasiga chegara tushib qolgan ekan. MOQ darrov aybni provayderga ag‘darib, kechirim so‘ragan va xatoni bir pasda tuzatishga va’da bergandi. Qiziq, endi kimni «aybdor» qilisharkan... 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring