Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sayyor qabuldan so‘ng Namangan viloyatining ayrim hududlarida aloqa sifati yaxshilandi

Sayyor qabuldan so‘ng Namangan viloyatining ayrim hududlarida aloqa sifati yaxshilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi hamda Xalq qabulxonasi boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idora rahbarlari ishtirokida Namangan viloyati aholici uchun sayyor qabullar tashkil etildi.

Chust, To‘raqo‘rg‘on, Chortoq va Uchqo‘rg‘on tumanlarida tashkil qilingan sayyor qabullarda asosan sud-huquq, uy-joy va moddiy yordam ajratish, gaz, elektr energiyasi ta’minoti, yo‘llar ta’miri, mehnat va bandlik kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ichki ishlar, bank, prokuratura, sog‘liqni saqlash, kadastr singari sohalar bo‘yicha ham murojaatlar ko‘p bo‘ldi.

Muloqotlar davomida turli soha mutasaddilari qator murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandi. Muammolarga birgalikda yechim topish uchun bor kuch-imkoniyat ishga solindi.

Bir misol – Chortoq tumani «Oromgoh» mahallasida joylashgan 49- umumta’lim maktabida kompyuter yetishmas, internet tarmog‘i yo‘q, atrofdagi yo‘llar esa ta’mirtalab edi. Bu uch muammoni tegishli sohalar mutasaddilari birga o‘rganib, birga hal qilib berishdi.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarining o‘rganishlaridan so‘ng mazkur 49-maktabga 16 dona kompyuter jamlanmasi, badiiy adabiyotlar to‘plami, sport anjomlari yetkazib berildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari esa 7 km. optik tolali aloqa tarmog‘i tortilishi va maktabning internet tarmog‘iga ulab berilishini, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas’ullari esa maktab atrofidagi 1,5 ming kvadrat metr yo‘lakda asfaltlab berilishini ta’minladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosariga murojaatlar asosida 12 ta xonadonga internet tarmog‘i tortildi. O‘tgan galgi sayyor qabullarda Uchqo‘rg‘on tumani «Qo‘rg‘ontepa», «Paxtachi», «Birlik» mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisidan 4G tezlikdagi internet tarmog‘ini o‘rnatish borasida murojaatlar kelib tushgan edi. O‘rganishlardan so‘ng bu hududda keng qamrovli tayanch stansiyasi o‘rnatildi. 7 km. optik tolali aloqa tarmoqlari tortilib, 2 ta maktab, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari internetga ulandi.

Bu galgi sayyor qabullar jarayonida esa hududdagi 10 mingdan ziyod aholiga ko‘chma savdo shoxobchalari orqali «O‘zmobayl» milliy operatorining mobil aloqa kartalarini yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring